Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra tovarni muayyan geografik ob’ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Joriy yilning 8 yanvar kuni “G‘uzor tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma G‘uzor tuman hokimligiga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan topshirildi.

O‘lmas Barotov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘uzor tandir go‘shti” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi